- Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Web Dasturlash: #1 Internet, Web server, Web Hosting, FTP

Assalom alaykum ismim  SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Marofonini davom etamiz !

Internet

Barchaga sir emaski 21 — asrda internet texnologiyalari insoniyatning, yani bizning kundalik hayotimizda ajralmas muhim qismiga aylanib ulgurgan. Tabiiyki hozirgi axborot va internet texnologiyalari asrida, oramizda internet va web sayt tushunchasidan habari yuq kimsani topish qiyin. Ha bizda internet bor, ko’plab web saytlardan har kuni foydalanamiz, ammo aslida internet va web sayt nima o’zi ?

Umuman olganda «internet» avvaldan hozirgidik bo’lmagan. internet paydo bo’lishi 1950 — yilllarda eng avvalo Amerikaning harbiy labaratoriyalarida kiyinchalik Buyuk Britaniya va Fransiyada faqat maxfiy hamda harbiy malumotlar yagona tarmog’ini shakllantirish maqsadida ishlab chiqilgan.

Barcha uchun ochiq internet tarmog’i 1969 — yilda yo’lga qo’yildi. Ammo o’sha vaqtlarda internetdan foydalanish hozirgidik oson emas edi, Chunki tarmoqdan fayllarni yuborish va qabul qilish uchun browser o’rniga FTP, Email va telnet yani masofaviy seans nomli aloqa texnologiyalaridan foydalanilar edi. Faqatgina 1990 — yillarga kelib butun jaxon bo’ylab «Butun Jaxon O’rgimchak to’ri» nomi bilan, tarmoq paydo bo’ldi. Ushbu tarmoq Xalqaro yagona HTML formatdagi hujjatlarda, Gipertext ko’rsatmalar orqali, Browser dasturi yordamida o’zaro bo’g’langan linklar shaklida insonlar uchun qulay va foydali ish quroliga aylandi.

Internetning tarixi bo’yicha to’liq malumot.

Server va Web Server

Internet tarmog’i yordamida Web saytlar hamda malumotlar, qachonki kimdur so’ralganda taqdim etiladigan fayllarda saqlangan. Bunday fayllarni saqlash uchun maxsus kompyuterlar yani serverlar qo’llanilgan. Server bu umuman olganda oddiy kompyuter holos, Kerakli fayllar talab qilinganda olish mumkin bo’lishi uchun serverlarga internet ulandi va Web Server tushunchasi paydo bo’ldi, Yani doimo internetga ulangan va web saytlar ishlashi uchun maxsus dasturlar o’rnatilgan kompyuter.

Web Hosting

Endi oddiy kichik sahifa ham dunyoning istalgan qismidan internet orqali ishlab turish uchun doimo yaxshi ega internetga ulangan va kerakli sozlamalarga ega kompyuterni ishlab turgan holatida qoldirishga to’g’ri kelar edi. Albatta, oddiygina sayt uchun butun boshli kompyuterni internetga ulab yoniq holatda qoldirishni hamma ham hohlamagan bo’lardi. Ushbu muommo ortidan doim internetga ulangan kuchli kompyuterlariga ega, arzimagan to’lov evaziga o’z web serverlariga sizning saytingizni joylashtiradigan Web Hosting xizmatlarini taqdim etadigan kompaniyalar paydo bo’ldi.

Albatta Web Hosting hizmatlarini taqdim etadigan serveslar ko’plab topiladi va hozir eng mashxur web hostinglardan biri https://beget.com hostingidan cheklovlarga ega ammo mutlaqo bepul ishlaydigan hosting olamiz.

1. Ushbu sahifada Ism familyamiz hamda telefon raqamimizni kiritamiz: Sahifaga o’tish.

Tizim qoidalari bilan tanishib chiqib, belgilashni unutmang !

Afsuski, O’zbekiston telefon raqamlari bilan bunday, bepul hostingni olish mumkin emas, Ammo qalovini topsang qor ham yonadi ! Agarda sizga manashunday, Rossiya telefon raqamlari kerak bo’lsa, kamentda xabar qoldiraman, shunga javob berish orqali men bilan bog’laning, siz azizlarim uchun men Rossiya raqamlaridan ulgurji sotib olib, imkon boricha bepul berishga tayyorman. 😎

Demak telefon raqamimizga kelgan tasdiqlash kodini kiritamiz va bepul hosting akkountimiz muvaffaqqiyatli ochilganligi haqida habar hamda hostingdan foydalanish malumotlarini olamiz. Ushbu malumotlarni ishonchli yerga saqlab quyamiz. «Ishni Boshlash tugmasini» bosamiz.

Tabriklayman, endi siz 1gbgacha bo’lgan hajmdagi istalgan fayl yoki web sahifalaringizni doimo onlayn saqlay oladigan shaxsiy web hostingga ega bo’ldingiz.

FTP

«File Transfer Protocol» — Yani «Fayllar O’tkazish Protokoli» 1971 yillarda FTP Klientlar va FTP Serverlar o’rtasida tezkor va havfsiz fayllar almashinuvini taminlash maqsadida ishlab chiqilgan.

FTP orqali shaxsiy web hoztingimiz FTP Serveri bilan fayllar almashinuvini yo’lga qo’yishimiz uchun FTP Klient o’rnatib olishimiz zarur. FTP Klient shaklida ishlay oladigan dasturlar juda ko’p, Ammo men juda yaxshi ko’radigan «FileZilla Client» dasturidan foydalanishni ko’rsatib o’taman. Agarda sizda kompyuter orqali ishlash imkoni bo’lmasa smartfonlar uchun ham dasturlardan FTP dasturlardan foydalanishingiz mumkin.

  • Web hostingimiz boshqaruv panelida FTP bo’limiga kiramiz va FTP akkount yaratamiz.
  • Yangi FTP uchun Login, Parolni kiritgach, Qulay bo’lishi uchun sayt ichidagi public_html papkasini tanlaymiz va «Qoshish» tugmasini bosamiz. Login, Parol va serverni ishonchli yerga saqlab qo’yamiz.
  • Bunday dasturlarni o’rnatish juda oson va «далее» tugmasi bilan hal etiladigan ish, sizdan talab etilgan vaqtda shu tugmani bosib yuborsangiz bas, dastur o’zi hammasini o’rnatib ish stoliga dasturga kirish yorlig’ini chiqaradi. Dastur o’rnatilgach, ishga tushuramiz:
    1. Serverlar tugmasini bosamiz.
    2. Ochilgan alohida oynada «Yangi Sayt» tugmasini bosamiz.
    3. Ulanish nomini kiritamiz.
    4. Server Host manzilini kiritamiz.
    5. Ulanish turini tanlaymiz.
    6. Hosting emas FTP akkount loginini kiritamiz.
    7. Hosting emas FTP akkount Parolini kiritamiz.
    8. Saqlash uchun «ok» tugmasini bosamiz.
  • Dasturning asosiy oynasida Serverlar tugmasini bosamiz, Hozirgini saqlangan ftp ulanishni tanlaymiz, Ogohlantirishni qayta k’rsatmaslik uchun, belgini qo’yib tasdiqlash tugmasini bosamiz.
  • Yuqorida maxsus bo’limda ulanishlar va barcha amallar aks etgan jarayonni kuzatishimiz mumkin. Kiyingi asosiy bo’limda Web hostingimizda turgan fayllarni ko’rishimiz mumkin. Ushbu fayllar Hosting yaratilgan vaqtda maqsadsiz berilgan va bu fayllar bizga kerak emasligi sababli ularni HTML darslariga qadar o’chirib tashlashimiz mumkin.
  • Endi hostinda fayllar bilan ishlash yoki nimadur yuklash uchun shu papkaga tashlab qo’yishimiz kifoya.

Mana shu bilan FullStack Darslar Marafonida birinchi dars o’z nihoyasiga yetdi. Kiyingi darslar bilan tanihib chiqish uchun Infomir.uz portalida FullStack Marafonini kuzatib boring.

Bugun siz nafaqat ilk qadamni qo’ydingiz, balki O’zbekiston porloq kelajagi qurulishida bir dona g’isht o’rnatdingiz. Ha balki bu siz uchun yo’lning boshlanishi bo’lishi mumkin, ammo finish lentasiga yetganda, sizni qo’shni yo’lakchada ko’rishni istayman !

⚡️Ha, yo\l davomida qiyinchiliklar bo’lishi tabiiy, Ammo siz taslim bo’lmang, Zero ezgu niyatli insonlar hech qachon mag’lub bo’lmaydi !