dasturlash darslari
- Boshqalar, Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Marafon: #6 Github Talqinlarni boshqarish.

Assalom alaykum ismim 😎SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Dasturlash Darslar Marofonini davom etamiz, Bugun siz bilan 6 — dars, Githubdan ro’yxatdan o’tish, Repository yaratish, Github desktop dasturi orqali shaxsiy repositorymiz bilan fayllar almashinivuni yo’lga qo’yamiz.

⚠️Eslatma: Ushbu marafon haqida hozirgina xabar topgan bo’lsangiz, darslarni eng boshidan boshlang.
👉Avvalgi dasrlarga o’tish.👈
Agar siz avvalgi darslar bilan tanishib chiqqan bolsangiz, o’zingizga ishoning va yuqori kayfiyat bilan 6 — qadamni tashlaymiz !

Github tarmog’ida o’zining lohiyalariga ega bo’lgan, haqiqiy dasturchiga alanishimiz uchun eng avvalo, https://github.com saytida ro’yxatdan o’tishimiz, Aynan ma’lum bir loyiha uchun repository yaratishimiz va Github Desktop dasturi orqali loyiha fayllarini repositoryga yuklashimiz zarur.

Github Tarmog’iga qo’shilish.

Demak boshladik:

  • https://github.com saytiga kirib, kerakli qatorlarni to’ldirgach, Ro’yxatdan o’tish tugmasini bosamiz.
  • Havfsizlik kapchasini bajarib «Qo’shilish» tugmasini bosamiz.
  • Githubdan foydalanish sabablarida «Student, Repositorylar yaratish»ni tanlab «Yaratish» tugmasini bosamiz.
  • Elektron pochta manzilimizga Githubdan kelgan link orqali akkountimizni follashtiramiz.
  • Ushbu 👉havola👈 orqali o’tib, kerakli qatorlarga malumotlarimizni kiritib saqlash tugmasini bosamiz.

Loyihalar uchun «Repository» yaratish.

  • Repository yaratildi, Batafsil ma’lumot quyida keltirilgan.

Batafsil ma’lumot:

  1. Repository yani loyiha manzili: https://github.com/Github-3105/LoyihaNomi
  2. Kuzatuvchilar yani obunachilar soni.
  3. Loyihani maqullovchilarbosgan yulduzchalar yani layklar desa ham bo’ladi.
  4. Loyihani o’ziga ko’rib ustida ishlayotganlar.
  5. Repository boshqaruv paneli.
  6. Repository haqida qisqacha ma’lumot.
  7. Commit yani o’zgarish nuqtalari soni va ro’yxati.
  8. loyihaning Branch yani nushalari soni.
  9. Yig’ilgan dastur.
  10. Loyiha versiyalari yani talqinlar.
  11. Loyiha ustida ishlayayotgan dasturchilar.
  12. Branchni tanlash, Branchni loyihaga biriktirish, Fayllar bilan ishlash paneli.
  13. Loyiha tarkibiga kirivchi va qo’shimcha fayllar.
  14. Tarkibdagi Readme.md fayl ichiga yozilgan ma’lumotnoma.
  15. Repositriyni sozlashga o’tsh.
  16. Loyihani yuklash yoki ko’chirib olish.
  17. Eng so’ngi commit qilingan vaqt va barcha fayllarning o’zgartirish kiritilgan vaqti.
  18. Readme.md ma’lumotnoma fayliga o’zgartirish kiritish tugmasi.

Mana Github repositorymiz ham tayyor endi buni boshqarish uchun Github Desktop dasturini o’rnatamiz.

Github Desktop dasturi

Github Desktop dasturi asosan ushbu texnologiyalarni endi o’rganishni boshlagan yoki konsol bilan ishlashni yoqtirmaydigan dasturchilar tomonidan ishlatiladi, Ammo ushbu dasturdan shaxsan o’zim ham foydalanganman juda qulay va yoqimli dastur.

Github Desktop dasturini o’rnatamiz:

  • Dastur o’rnatuvchisini «Administrator Huquqi» bilan ishga tushuramiz.
  • «Login va parol orqali kirish» tugmasini bosamiz.
  • Email va parolni kiritamiz. Davom etish va yakunlash tugmasini bosamiz.

Repositoryni boshqarish

  • Dasturning asosiy oynasida kerakli repositoryni tanlashimiz, yangi repository yaratishimiz, boshqa repositoryni o’zimizga ko’chirib olishimiz mumkin.
  • Ro’yxatdan avval yaratgan loyihamizni tanlaymiz, «Ko’chirish» tugmasini bosamiz.
  • Dastur loyihani yuklab olgach, repository bilan deyarli barcha amallarni shu dastur orqali boshqarishimiz mumkin bo’ladi.
  1. Dastur boshqaruv paneli.
  2. Repositoryni tanlash, Tanlangan repository.
  3. Tanlangan «branch», odatda asosiy «master» branchi.
  4. Loyihani repositorydan yangilash.
  5. Saqlanmagan o’zgarishlar bo’limi va ro’yxati.
  6. Barcha o’zgarishlar tarihi.
  7. O’zgarishni saqlash uchun «commit» nomi.
  8. Saqlanadigan «commit» uchun qo’shimcha tavsif.
  9. «commitni» saqlash tugmasi. Githubga o’zgarishlarni commit shaklida kiritadi.
  10. Loyihani matn muharririda ochish.
  11. Loyihani fayl menejerida ochish.
  12. Repositoryni Github tarmog’ida ko’rish.

Loyihani boshqarishni o’rganamiz:

  • Loyihani Matn muharririda ochish tugmasini bosamiz, Bunda loyiha VSCode dasturida ochiladi va fayllar ro’yxatida faqat «README.md» faylini ko’ramiz.
  • «README.md» fayl yoniga «Test.txt» faylini yaratamiz.
  • «README.md» fayl ga o’zimizning aloqa ma’lumotlarmizni yozib qo’yamiz. Saqlash uchun CTRL + S tugmasini bosamiz.
  • Github Desktob dasturiga kirganimizda paydo bo’lgan o’zgarishlarni saqlash uchun, Commit nomini va qo’shimcha tavsifni kiritib «commit qilish» tugmasini bosamiz.
  • «commit»ni githubga yuborish uchun «Push origin» yoki Ctrl + P tugmasinii bosamiz.

Github Repositorymizga browser orqali kirib ko’rganimizda barcha o’zgarishlar va yangi «commitni ko’rishimiz mumkin.

Yangi branch yaratish, branchlarni asosiy loyihaga qabul qilish va commitlarni bekor qilish bilan marafon doirasida, web saytlarimizni yaratish davomida amaliy shaklda batafsil foydalanamiz.

Bugun siz bilan Github tizimida ro’yxatdan o’tish, Repository yaratish, Kompyuterimizga Github desktop dasturini o’rnatish va ushbu dastur orqali, Github repositorymiz bilan fayllar almashinuvi yo’lga qo’yishni o’rgandik. Kiyingi darsimizda Git konsoli orqali fayllarni boshqarishni o’rganamiz !

Bugungi Shiorimiz:

⚡️Butun umr qiyin va zerikarli hayot kechirgandan, hozir qiyin va zerikarli darslarni o’rgangan afzal !

Etiboringiz uchun rahmat, Doimo sog’ va salomat bo’ling !