dasturlash darslari
- Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Marafon: #5 Git va Github. Tushuncha.

Assalom alaykum ismim  SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Dasturlash Darslar Marofonini davom etamiz, Bugun siz bilan 5 — dars Git va Github, Talqinlarni boshqarish tizimi haqida gaplashamiz.

⚠️Eslatma: Ushbu marafon haqida hozirgina xabar topgan bo’lsangiz, darslarni eng boshidan boshlang. 👉Avvalgi dasrlarga o’tish.👈 Agar siz avvalgi darslar bilan tanishib chiqqan bolsangiz, o’zingizga ishoning va yuqori kayfiyat bilan 5 — qadamni tashlaymiz !

Kirish qismi:

Ayni damda shu texnologiya bizga nega kerak edi degan hayolga borishingiz mumkin. To’g’ri umuman olganda o’zimizning ilk HTML sahifamizni ham yaratmadik, bunday tizimga joylashga bizda loyiha ham mavjud emas hozircha. Ammo shu o’rinda shaxsiy fikrimni bilib qo’yishingizni istardim, Dasturlash sohasi 100% amaliyotga qurilgan soha va agar siz qaysidir do’stingizga, hamkasbingizga yoki ish beruvchi tomonga, siz haqiqiy dasturchi ekanligingizni ko’rsatish uchun albatta Github tarmog’idagi shaxsiy ishlanmalaringizni taqdim etishingiz shart bo’ladi. Qolaversa marafon davomida biz siz bilan shunchaki qoidalar yodlamasdan har bir o’tilgan darsda yozilgan mashqlar va topshiriqlarni Github tarmog’iga joylashtirib, boshqa qatnashchilar va menga taqdim etishingizni istardim, Aynan shunday uslub bilan o’rgansakgina nimagadur erishishimiz aniq bo’ladi, Sizga omad tilab darslarni davom etamiz !

Talqinlarni Boshqarish tushunchasi.

Dasturlashning qaysi yo’nalishida bo’lishidan qatiy nazar, Har bir dasturchi «Talqinlarni Boshqarish» tushunchasi bilan to’qnash kelishi aniq. Tasavvur qiling siz yaratgan dastur, Web sayt yoki oddiygina bir necha qatordan iborat kod bo’lsin, Siz rivojlantirishdan to’xtamas ekansiz, doim o’zgarishlar va qayta tahrirlar bilan qad rostlab boradi. Tinimsiz o’zgarishlar va sinab ko’rishlar ortidan har qanday dastur ham juda chalkash yoki tushunish qiyin bo’lgan bir uyim kodga aylanib qoladi va natijada, begona dasturchilar mayli, hatto dastur muallifi ham hatolarga yo’l qo’yishi mumkin. Bunday holatni oldini olish uchun eng oson bo’lib ko’ringan yechim, bu har safar dasturga o’zgartirish kiritishdan avval, dasturdan nusha ko’chirish mumkin, ammo tez orada bir-biriga juda o’xshash loyihalar to’planib qoladi.

Github

Hozirda shunday muommoni osongina hal eta oladigan eng mashxur tizim bu Github bilan birgalikda ishlaydigan Git tizimidur. Odatda Git va Github texnologiyasini deyarli barcha o’rganuvchilar adashtiradi. Aslida Github bu dasturchilar ijtimoiy tarmog’i deyish mumkin, chunki ushbu tarmoqda dunyoning barcha mamlakatlari va barcha millatlardan, har hil darajadagi bilimga ega dasturchilar ushbu tarmoq orqali o’zaro dasturlar almashishadi, o’zlariga yoqqan dastur yoki loyiha uchun, huddi layk sifatida yulduzcha belgisini qo’yishadi, hatto boshqalarning dasturlariga qo’shimcha va o’zgartirishlar kiritib, dastur muallifiga yuborishlari mumkin.

Git

Kompyuterlarga o’rnatilgan Git konsoli yordamida Github onlayn platformasidagi shaxsiy akkountimizda, aynan ushbu dastur uchun yaratilgan «Repository» yani ma’lumotlar omborchasiga dasturimizni yuklaymiz. Dasturimizga o’zgartirish kiritgan vaqtimizda, «Commit» lar yani o’zgartirish nuqtalarini qo’shimcha tavsif bilan saqlaymiz va talab etilgan vaqtda bemalol o’zgarishni bekor qilib, istalgan «commit»ga yani o’zgarish nuqtasiga qaytishimiz mumkin bo’ladi.

Tasavvur qiling sizning saytingizda biron fon yoki suratni o’zgartirib ko’rish istagidasiz, ammo natija sayt foydalanuvchlari tomonidan qanday qabul qilinishini avvaldan aytib bo’lmaydi va siz tavakkal qila olmaysiz.

Aynan shunday holatda siz Git tizimida dasturingizning yangi «Branch» yani nushasini yaratasiz, o’zgartirish ishlaridan so’ng foydalanuvchilarga, saytning yangi sinovdagi talqini shaklida taqdim etasiz. Agarda natija siz kutgandek yaxshi bo’lmasa shuncha yangi «branchni» bekor qilasiz yoki o’zgarishni asosiy saytga qabul qilish uchun, yangi yaratilgan branchni asosiy branchga qabul qilishingiz kifoya. Bunday branchlar va o’zgarishlar juda ko’p bo’lishi mumkin, ammo har doim istalgan o’zgarishdan avvalga qaytish mumkin va buning hammasi, bir qator ham kod yozmasdan, avtomatik tarzda bajariladi.

Bugun siz bilan Git va Github texnologiyalari haqida umumiy tushunchaga ega bo’ldik, ammo bu hammasi emas. Kiyingi bir necha darslar davomida Github tizimida ro’yxatdan o’tish, Repository yaratish, Kompyuterimizga Github desktop dasturini o’rnatish va ushbu dastur orqali, Github repositorymiz bilan fayllar almashinuvi yo’lga qo’yamiz va nihoyat Git konsoli orqali fayllarni boshqarishni o’rganamiz !

Bugungi Shiorimiz:

⚡️Unutmang hech qachon mukammal yoki mutlaqo yaxshi inson bo’lmaydi, Doim hozirgidan yaxshiroq bo’lishimiz mumkin !

Etiboringiz uchun rahmat, Doimo sog’ va salomat bo’ling !