- Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Marafon: #4 Dasturchi Uchun Visual Studio Code + Plaginlar

Assalom alaykum ismim  😎 SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Dasturlash Darslar Marofonini davom etamiz, Bugun 4 — dars web dasturchi uchun «Visual Studio Code» matn muharriri + va uning qo’shimcha kengaytmalari haqida gaplashamiz.

Eslatma: Ushbu marafon haqida hozirgina xabar topgan bo’lsangiz, darslarni eng boshidan boshlang. Avvalgi dasrlarga o’tish. Agar siz avvalgi darslar bilan tanishib chiqqan bolsangiz, o’zingizga ishoning va bugun yuqori kayfiyat bilan 4 — qadamni tashlaymiz !

Dasturchi hayotida matn muharririning o’rni.

Dasturlash sohasiga ozgina bo’lsada qiziqqan inson borki, Har qanday dastur matn shaklida yozilishini bilgan zahoti «Блокнот» dasturini ochib, bugun nimadur yaratish qo’lidan kelishini o’ziga isbot qilishga urinadi, Albatta yaratgan dasturi yoki web sahifasi qanchalik oddiy ko’rinishda bo’lmasin, Har qanday dasturchining ilk yaratgan dasturi hech qachon hotirasidan o’chmaydi va qachon qanday kayfiyatda o’zining ilk dasturini yodga olmasin, Albatta yuzida kulgu, qalbida iftihor hissini tuyadi, Vaholanki dasturchi uchun matn muharriri bu shunchaki kodlar yozsa bo’ladigan varoq emas, Dasturchining ichki dunyosi, yaratuvchanligi hamda bilimlari uyg’unligi natijasini real hayotda shakllantira oladigan, mo’jizaviy muhit hisoblanadi. Dasturchilik sohasiga ❤️ mehr qo’ygan inson borki, matn muharririni shunchaki ish quroli sifatida emas, butun umr sodiq qoladigan do’sti sifatida hurmat qiladi.

Visual Studio Code haqida

Albatta har qanday dasturni oddiy «Блокнот» matn muharririda yozish mumkin, Ammo haqiqiy dasturchi o’z vaqtini qadrlashi, zimmasiga yuklatilgan vazifani imkon qadar tezkorlik bilan sifat darajasini yo’qotmagan holda yakunlashga harakat qilishi lozim. Bunda ish davomida qoshimcha qulayliklar va umumiy vaqtni tejash imkonini beruvchi har qanday ish quroli muhim o’rin egallaydi. Vaholanki dasturchining juda ko’p vaqti matn muharririda ishlash bilan o’tar ekan, demak matn muharririni to’g’ri tanlash juda muhim. Web dasturchilar uchun qo’shimcha qulayliklar va yuqori tezlikni taqdim eta oladigan matn muharrirlari juda ko’plab topiladi, Ammo qulay, kuchli , foydalanish oson va shu bilan birga bepul foydalanish mumkin bo’lgan matn muharrirlari sanoqli. Ushbu talablarni hisobga olgan holda, siz bilan hozircha «Visual Studio Code» matn muharririni o’rnatamiz va ushbu dastur yordamida kiyingi darslarda o’zimizning ilk web sahifalarimizni yaratamiz.

Visual Studio Code — «VSCode» matn muharriri «Microsoft» kompaniyasi tomonidan ishlab chiqilgan, tezkor, bepul foydalanish mumkin bo’lgan «Ochiq Kodli» dastur hisobladi, Dasturdan foydalanishda har qanday qo’shimcha vazifa uchun «Plagin» yani kengaytmalar o’rnatish mumkin. Ushbu dasturdan Mac OS, Linux hamda Windows operatsion tizimlarida, deyarli barcha tillarda shu jumladan Ingliz va Rus tillarida foydalanish mumkin.

Visual Studio Code Dasturini o’rnatish:

  • Dasturning rasmiy saytida, kompyuterimiz operatsion tizimi uchun kerakli talqinni tanlaymiz va dastur o’rdatuvchisini yuklab olamiz:
  • Dastur faylini «Administrator huquqi» bilan ishga tushuramiz:
  • Dasturni quyida keltirilgan namuna kabi ketma-ketlikda o’rnatamiz:
  • Dastur asosiy oynasida avval kengaytmalar bo’limiga o’tamiz, Rus tili kengaytmasini qidiramiz, o’rnatish tugmasini bosamiz va dasturni yopib, qayta ishga tushuramiz.

VSCode dasturi Rus tilida o’rnatildi va foydalanishga tayyor, Ammo eng qiziqarlisi hali oldinda. Endi siz bilan VSCode dasturidan foydalanganimizda ishimizni avtomatlashtiribgina qolmasdan, ishlab chiqish jarayoni davomida profissional stil bag’ishlaydigan va natijada, uzoq vaqtga cho’zilishi mumkin bo’lgan mashaqqatli mehnat jarayonini, qiziqarli yaratuvchanlik onlariga aylantirishga qodir «Kengaytmalarni o’rnatamiz.

Diqqat ushbu plaginlar hozircha asosan boshlangich darslar uchun. Marafon doirasida kiyingi qiyinroq dasturlash tillari uchun plaginlar haqida kerakli vaqtda habar berishga harakat qilaman !

«Emmet» Kengaytmasi

Ushbu plagin VSCode dasturining oxirgi talqinlarida o’rnatilgan tarkib sifatida taqdim etilyotgan bo’lsada, Web dasturlash uchun foydali plaginlar ro’yxatini «Emmet»siz tasavvur qilib bo’lmaydi. «Emmet» plagini yordamida, kodlarini yozish jarayonida juda ko’p vaqt oladigan amallarni bir zumda yakunlashingiz mumkin. Ushbu plagin imkoniyatlari bilan HTML hamda CSS darslarida batafsil tanishtirib o’taman, Hozircha «Emmet» ning imkoniyatlaridan bir namuda keltirib o’taman.

Har qanday HTML web sahifa asosi bolgan ushbu kodni, Emmet yordamida «!» belgisini sahifaga yozib + «Tab» tugmasini bosgan holda bir zumda shakllantirishingiz mumkin.

<!DOCTYPE html>
<html lang="en">
<head>
    <meta charset="UTF-8">
    <meta name="viewport" content="width=device-width, initial-scale=1.0">
    <title>Document</title>
</head>
<body>
    <!-- bu yerda kontent -->
</body>
</html>

«Live Server» Kengaytmasi

Har qanday Web dasturchi ishlab chiqish jarayonida juda ko’p marotaba sahifani yangilab o’gartirishlar kiritadi. «Live Server» plagini har qanday o’zgartirishdan so’ng sahifani avtomatik tarzda yangilaydi va natijada ish jarayonida siz sahifani yangilashga sarf etishingiz mumkin bo’lgan qimmatli vaqingizni vazifani sifatliroq bajarishga yo’naltirashingiz mumkin boladi. Ushbu kengaytmani o’rnatish boyicha foto qo’llanma quyida keltirilgan:

«Prettier Code Formatter» Kengaytmasi

Dasturlashga qiziquvchilar juda ko’plab topiladi, ammo o’zini shunchaki havaskordan yuqoriroq darajada his qilgan dasturchi uchun chiroyli va tartibli kod yozish juda muhim hisoblanadi. «Prettier Code Formatter» plagine minglab qatorlardan iborat tartibsiz kodingizni soniyaning ulushlariga teng muddat ichida tartib bilan qayta yozib chiqishga qodir. Marafon doirasida kiyingi darslarimizda uchbu plagin naqadar muhim ekanligini amalda ko’rsatib o’tishga vada beraman. Foto qollanma:

Mana do’stlar boshlanishiga bizning barcha orzularimizni amalga oshirishga qodir matn muharririmiz tayyor. Bizga qo’l kelishi mumkin bolgan foydali kengaytmalar bilan, tegishli darslar davomida tanishtirib o’taman, hozircha sizning qimmatli vaqtingizni keraksiz narsalarga isrof etish istagida emasman! Shuning bilan marafon doirasida 4 — darsimiz o’z nihoyasiga yetdi, kiyingi darsimizda siz bilan git va github texnologiyalari bilan ishlashni o’rganamiz. Infomir.uzdan yiroqlashmang bizni kuzatib boring !

Bugungi shiorimiz:

⚡️Haqiqiy dasturchining parvozi eski yozuvlar bilan emas, Bo’m bo’sh satrlardan boshlanadi !

Etiboringiz uchun rahmat, Doimo sog’ va salomat bo’ling !