- Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Marafon: #3 Web Sayt, Fayllar Sistemasi

Assalom alaykum ismim  SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Marofonini davom etamiz !

Eslatma: Ushbu marafon haqida hozirgina xabar topgan bo’lsangiz, darslarni eng boshidan boshlang. Avvalgi dasrlarga o’tish. Agar siz avvalgi darslar bilan tanishib chiqqan bolsangiz, o’zingizga ishoning va bugun yuqori kayfiyat bilan 3 — qadamni tashlaymiz !

Web Sayt

Web sayt aslida nima va qanday ishlaydi ? Marafon doirasida avvalgi darslar davomida siz bilan serverlar va serverlar bilan browserlarning o’zaro aloqasi bo’yicha yetarlicha bilimga ega bo’lganligimiz sabab, Bugun siz Web sayt aslida qanday ishlashini osongina tushunib olasiz. Web serverlar va Browser klient dasturlari o’rtasida HTTP va himoyalangan HTTPS protokoli orqali, browser dasturi uchun asosan HTML Ko’rsatmalar tilida yozilgan fayllar almashinuvi natijasida, qurulmalarimiz ekranida web sayt sahifasi shakllanadi. Bunda biz browserga domen nomini kiritganimizda, qurilmamizga o’rnatilgan browser dasturi internet tarmog’i yordamida DNS server yo’naltirgan, web serverga kerakli sahifa uchun so’rov yuboradi, Web server so’rovga javoban talab etilgan sahifa faylini yuboradi. HTML formatda qabul qilingan sahifada yozilgan ko’rsatmalar, browser tomonidan bajariladi va bizning ekranimzda chiroyli foto suratlar va malumotlar web sahifa shakllanadi.

Web Serverda fayllar strukturasi

Aslida web sayt ishlash uchun fayllar joylashuvi muhim emasdek ko’rinadi, ammo web sayt yaratganimizda fayllar strukturasi juda muhim ahamiyatga ega. Vaholanki kelgusida foydalanuvchilarga maksimal darajada qulay va shu bilan bir vaqtda qidiruv tizimlari uchun ham oson indekslanadigan web saytni yarata olmasak, ushbu loyiha mag’lubiyati muqarrar ekanligi ko’pgina startuplar misolida isbotlangan.

Qiduruv tizimlari tomonidan indekslash tushunchasi — bu foydalanuvchi qidiruv tizimlari orqali qandaydur ma’lumotni qidirganda, qidiruv tizimi ushbu malumot aynan sizning qaysidur sahifangizda bor ekanligini aniqlaydi va foydalanuvchiga qidiruv natijasi sifatida taqdim etadi. Bunda sizning sahifangiz navbatda qanchalik yuqori o’rinni egallashi uchun sahifangiz hajmi va joylashuv nuqtasi muhim rol o’ynaydi. Agarda sahifangiz 3-4 papkalar ketma-ketligida juda chuqur joylashgan bolsa, qidiruv tizmi foydalanuvchilarga tezkor xizmat ko’rsatish yo’lida sizning sahifangiz o’rniga hatto ma’lumotlari sizning ma’lumotlaringizdan yomonroq bolsada, ammo tezroq topiladigan sahifani foydalanuvchilarga taqdim etadi.

Yaxshi shakllantirilgan oddiy fayllar strukturasi:

Aslida sahifalarni bir biriga bog’lash, sahifa ichidan boshqa faylga yo’l korsatish juda oson. Bunda fayllar qo’shni, qo’shni papka ichidagi fayl, Sahifa joylashgan papkadan tashqarida va hattoki 2 3 daraja yuqorida joylashgan fayllar joylashuv nuqtasi osongina ko’rsatiladi.

Shu bilan FullStack darslar Marafoni doirasida 3 — va oxirgi nazariy darsimiz o’z nixoyasiga yetdi. Kiyingi darslar barchasi amaliy boladi.😎

Bugungi shiorimiz:

⚡️Bugungi kuning eng yaxshi kuning emasligini, Faqat olg’a yursang bilib olishing mumkin !