- Darslar, Dasturlash Darslar, FullStack Wb

FullStack Marafon: #2 DNS + Domen, Protokol, URL

Assalom alaykum ismim  SaidAbbos Khudoykulov va men FullStack Web dasturchiman. FullStack Web Marofonini davom etamiz !

Agarda siz oyiga kamida $1000 daromad qiladigan yaxshi FullStack dasturchi bo’lishni istasangiz, marafon darslarini eg boshidan ko’rib chiqishdan boshlang. Avvalgi dasrlarga o’tish. Agar siz avvalgi darslar bilan tanishib chiqqan bolsangiz, o’zingizga ishoning va yuqori kayfiyat bilan sizning porloq kelajagingiz tomon 2 — qadamni tashlaymiz !

Demak boshladik:

DNS server

Domain Name System — yani «Domen nomlari tizimi» DNS serverlari tushunchasi ostida ishlaydi. DNS serverlar vazifasi ko’plab serverlar ip (Internet Protocol) manzillarini saqlash va talab etilgan vaqtda tezkorlik bilan ushbu manzilni taqdim etish. Dunyodagi mavjud barcha local serverlarning ham internetga ulangan web serverlarning ham takrorlanmas ip manzili bor. Masalan infomir.uz web saytining web serveridagi sahifalar va boshqa fayllarni olish uchun browserda https://infomir.uz/ terganimizda DNS server bizni 87.236.16.215 ip manziliga yo’naltiradi. Browser dasturida so’ralagan sayt domen nomi va serverga yuborilgan so’rov o’rtasida DNS server ushbu domen nomi qaysi server ip manziliga bog’langanini aniqlaydi va web hosting serveriga kerakli fayllar so’rovini yuboradi. Aslida biz ham infomir.uz domen nomi o’rniga 87.236.16.215 ip manzilini terib ulanishimiz mumkin ammo ushbu serverda boshqa saytlar va bizga tegishli bo’lmagan fayllar mavjudligi sababli, server bizga barcha fayllarni ko’rishga ruhsat bermaydi va natijada biz umuman biriktirilmagan domen yoki HTTP 406 — hatosi bilan javob olamiz.

Port Tushunchasi

IP manzillar serverlarning local yoki internet tarmog’idagi manzili hisoblansa, har bir serverda portlar ham mavjud. Tasavvur qiling ip manzil server nomli ko’p qavatli uyning manzili, portlar esa uydagi honadonlar va bunday portlardan 65535 tagacha bo’lishi mumkin.

Domen Nomlari

Ha biz istalgan serverga ip manzili orqali so’rov yuborishimiz, kerakli sozlamalardan so’ng web saytlarni ham ip manzillarni browserga tergan holda ochib bemalol foydalanishimiz mumkin. Ammo tasavvur qilinga infomir.uz o’rniga 87.236.16.215, Google.com o’rniga 216.58.208.46 va community.uzbekcoders.uz o’rniga 159.203.158.141 ip manzillarini eslab qolaolarmidik, ushbu kichik bir muommo bunday web serveslar faoliyatiga qanchalik yomon tasir qilgan bo’lardi ? Ahir google.com yoki community.uzbekcoders.uz saytiga kuniga bir necha bor tashrif buyuramiz. Sening manzilingni eslab qololmaydigan mehmon har kuni mehmonga kelarmidi ? Albatta yuq, shuning uchun internet olamida Domen nomlar hamda DNS serverlarning o’rni juda muhim.

Domenlar tanib olish oson bo’lishi uchun asosan mantiqan yoki geografik jihatdan aynan bir soha yoki joyga mansub boladi. Bunda geografik hududlarga mansub domenlar O’zbekiston uchun uz, Rossiya uchun ru, Ukraina uchun ua va shu kabilardir. Mantiqiy jihatdan biron bir sohaga mansub domenlar .info, .shop, .invest yoki shunga o’xshash domenlar bo’lishi mumkin.

Odatda domenlar darajalarga bo’lib ishlatiladi. Masalan com birinchi darajali domen bolsa, google.com ikkinchi darajali domen, ru.google.com uchinchi darajali domen nomi hisoblanadi. Domenlar darajalari keraklicha miqdorda ishlatilishi mumkin yani bir.google.com, ikki.google.com va hakazolar.

Demak DNS server, ip manzil va Domen nomi haqida keraklicha tushuncha olgan bo’lsak, Endi marafon doirasida bepul hostingimizda sayt yarata olishimiz uchun, hozir siz bilan Ukraina geografik hududiga tegishli .ua domen hududi, ro’yxatga oluvchisidan metlaqo bepul uchinchi darajali domen olamiz.

Eslatib o’taman ushbu 3- darajali domen nomini faqat siz tizim qanday ishlashini tushunishingiz uchungina ko’rsatyapman. Kelgusida ihtiyojingizdan kelib chiqib istalgan domen nomini huddi shunday shaklda sotib olishingiz mumkin.

1) Buning uchun ushbu saytga o’tamiz: https://nic.ua/ru/order/check-result

Ushbu maqola juda katta hajmni egallamasligi uchun. ushbu ammalarning fotosuratlari joylashtirilmagan. Agarda sizga to’li qo’llanma kerak bo’lsa, maqolaning so’ngida ushbu darslikning to’liq vedio formati bilan tanishib chiqishingiz mumkin !

  • Maxsus qatorga uchunchi darajali domen nomini kiritamiz.
  • Korzinaga saqlash tugmasini bosamiz.
  • «Buyurtmani rasmiylashtirish» tugmasini bosamiz.
  • «Davom etish» tugmasini bosamiz.
  • «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosamiz.
  • Email hamda parolni kiritamiz va «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosamiz.
  • «Davom etish» tugmasini bosamiz.
  • Emailga kelgan link orqali akkountimizni tasdiqlab qo’yamiz.
  • Kerakli qatorlarga shaxsiy malumotlarimizni, ishlaydigan telefon raqamimizni kiritamiz va «Kontaktni saqlash» tugmasini bosamiz.
  • «Rasmiyashtirishni davom etish» tugmasini bosamiz.
  • Kiritilgan telefon raqamimizga 10-15 daqiqada sms habar keladi.
  • Sms habar kelgach, Domenni tasdiqlash uchun ushbu sahifaga o’tamiz: https://www.pp.ua/ru/
  • Kerakli qatorlarga domen nomi, telefon raqamimiz, sms habardagi aktivlashtrish kodini kiritamiz va «Yuborish tugmasini bosamiz.

Tabriklayman 1 yil muddatga, domen ro’yxatdan o’tkazildi endi domen bizning serverga bog’lanishi uchun DNS serverni bizning web hostinga yo’naltiishimiz kerak. Buning uchun:

  • nic.ua saytidagi akkountimiz domenlar bo’limida, kerakli domen nomi qatori so’ngida «sozlamalar» tugmasini bosamiz.
  • Domen soozlamalariga o’tgach, «NS-серверы» optsiyasini «Собственные серверы имен» qilib o’zgartiramiz.
  • «O’zgartirish» tugmasini bosamiz va quyida berilgan 2 ta dns serverni ns1.beget.com, ns2.beget.com larga o’zgartiramiz
  • » + Добавить » tugmasini bosib, hostingimiz domenlar bo’limidagi mana shu ns1.beget.pro, ns2.beget.pro DNS serverlarni kiratimiz
  • Hostingimizda domenlar bo’limiga o’tamiz: Domenlar Bo’limiga o’tish.
  • Kerakli qatorga domen nomini kiritamiz va «domenni qo’shish» tugmasini bosamiz. Html darslariga qadar hosting va domen shu holatda qoladi va shu muddat davomida yangi domenimiz bizning web hostingda ishlashni boshlaydi. Odatda o’rtacha hisobda, 24 soatgacha vaqt talab etiladi.

Protocol

Protocol tushunchasi aslida serverlar bilan aloqa turi desak ham bo’ladi. Albatta protocol turlari juda ko’p, ftp darslarida siz bilan muhim protocollardan biri yordamida ulanishni ko’rib chiqgan edik. Hozircha shunchaki qanday protocollar borligini ko’rsatish uchun eng kerakli protocl turlari ro’yxatini keltirib o’taman va qaysi protocol yordamida serverga murojat qilganimizda, qaysi port javob berishini bilib oling.

Odatiy sozlanmalar bilan bog’langanda qaysi protocol turiga qaysi port javob beradi:

  • 21 – ftp;
  • 22 – ssh;
  • 23 – telnet;
  • 25 – smtp;
  • 43 – whois;
  • 53 – dns;
  • 68 – dhcp;
  • 80 yoki 8080 – http;
  • 110 – pop3;
  • 115 – sftp;
  • 119 – nntp;
  • 123 – ntp;
  • 139 – netbios;
  • 143 – imap;
  • 161 – snmp;
  • 179 – bgp;
  • 220 – imap3;
  • 389 – ldap;
  • 443 – https;
  • 993 – imaps;
  • 1723 – pptp;
  • 2049 – nfs;
  • 3306 – mysql;
  • 3389 – rdp;
  • 5060 – sip;

HTTP va HTTPS Protocoli

Oddiy saytga ip manzili yoki domen nomi bilan so’rov yuborganimizda odatda HTTP (HyperText Transfer Protocol — Giper Matnni O’tkazish Protokoli) browser dasturi tomonidan qo’llaniladi va avtomatik ravishda 80 — portga so’rov yuboriladi. Bunda sayt link mana bunday shakllanadi:

Agarda saytda HTTPS(HyperText Transfer Protocol Secure — Himoyalangan Giper Matnni O’tkazish Protokoli) orqali ulanish imkonini beradigan SSL( Secure Sockets Layer — Xavfsiz Socketlar Qatlami) sertefekati o’rnatilgan bo’lsa va foydalanuvchi browserda HTTPS protocoli orqali serverga so’rov yuborsa yoki serverda HTTPS protocoliga o’tkazish avtomatlashtirilgan bo’lsa, unda server 80 yoki 8080 porti bilan emas 443 — port bilan javob beradi, hamda fayllar almashinuvi ochiq holatda emas, shifrlangan holatda yo’lga qo’yiladi, browser dasturida maznil qatorida yashil rangli qulfcha belgisi paydo bo’ladi va butun jarayon o’zgacha tus oladi:

Uniform Resource Locator (URL)

Dasturchi va URL havola tushunchasi butun umr birgalikda ishlaydigan narsalar hisoblanadi. URL mazil texnologiyasi 1990 yildayevropada Tim Bernersli tomonidan ishlab chiqilgan va bugungi kunda URLsiz internetni tasovvur qilish qiyin Albatta siz google.com, yandex,uz va boshqa saytlar url (havola) manzilini shunchaki kiritib foydalanishga o’rganib qolgansiz, aslida ham bu osondek ko’rinadi, ammo havolalar ko’ringanchalik sodda texnologiya emas. Havola aniq bir manzildagi faylga so’rov yuboribgina qolmasdan, so’rov tarkibida qo’shimcha parametrlarni ham yetkazishi mumkin.

Agarda malumot qanday ishlashini tushunmasangiz, shunchaki ko’rib qo’ying
Bu haqda dasturlash tillarini o’rganishni boshlaganimizda batafsil tushuntiraman !

URL haqida batafsiz malumot: Wikipedia

Shu bilan FullStack darslar Marafoni doirasida 2- darsimiz o’z nixoyasiga yetdi. Boshlang’ich darslar sizga juda osondek ko’rinayotgan bolsa darslar davomini kuting, bilaman siz juda aqilli va ziyrak insonsiz, ammo sizning ortingizdan kelayotgan ukalarimiz va singillarimizga mustahkam poydevor qurishlariga yordam beraylik !

Bugungi shiorimiz:

⚡️ Buyuk insonlarning farzandlarimiz, buyuk insonlar bo’lishga majburmiz !