- Darslar, Dasturlash Darslar

OMUC Yakuniy Baxolash (Final Exam) Haqida

Assalom alaykum Ismim SaidAbbos Khudoykulov «Bir Million O’zbek Dasturchilari» grand dasturida o’zbekistonda ilk bitiruvchisiman. Nanodegree FullStack Development kurslari bo’yicha xalqaro sertifikat sohibiman.

Ushbu gaplarni bekorga aytyotganim yuq, Bugun siz bilan «Final Exam» — yani yakuniy baxolash bo’yicha barcha savollarga javob beraman va dars davomida, qanday qilib ushbu grandni yutish sirini o’rgataman. Faqat shu gap shu yerda qoladi deb vada bersangiz.

Savollar va javoblar taribi:

  1. Yakuniy baholashga kimlar va qanday ro’yxatdan o’tish mumkin ?
  2. Yakuniy baholash qachon va qayerda bo’ladi ?
  3. Imtihonda qancha vaqt beriladi va qanday tartibda o’tkaziladi ?
  4. Umimiy va qatiy qoidalar qanday ?
  5. Qaysi mavzuda va qanday shaklda savollar beriladi ?
  6. Ballar qanday hisoblanadi va Go’liblar qay tartibda aniqlanadi ?
  7. Qanday qilib imkoniyatni oshirsa boladi ?
  8. Go’lib bo’laoldikmi qayerdan bilish mumkin ?
  9. Aslida go’liblar uchun sovrin nima o’zi ?
  10. Go’liblar uchun darslar qachon boshlanadi va qancha vaqt davom etadi ?

Savollarga Javoblar:

1) Yakuniy baholashga kimlar va qanday ro’yxatdan o’tish mumkin ?

Yakuniy baholashga ro’yxatdan o’tish uchun uzbekcoders.uz sayti orqali, To’rt yo’nalishdan hech bo’lmaganda bittasini oxirgi 6 oy mobaynida tugatgan, har bir yo’nalish yo’nalish darslari yakunida bitiruvchi sertifikatini olgach dars yakuniga qaytib yakuniy baholashga yozilish bolimi orqali, Malum bir sanani tanlab, ro’yxatdan o’tgan va bundan avval umuman yakuniy baholashda qartnashmagan bo’lishingiz zarur.

2) Yakuniy baholash qachon va qayerda bo’ladi ?

Yakuniy baholashga yozilganingizdan so’ng, elektron pochtangizga tanlangan sanada bo’lib o’tadigan Final Examga yoqilganingiz haqida habar keladi. Yakuniy baholash har 3 oyda o’tkaziladi, Yani 1- mart, 1- iyun + 3 oy va hakazo. Nanodegree grandi uchun imtihon onlayn tarzda o’tkaziladi.

3) Imtihonda qancha vaqt beriladi va qanday tartibda o’tkaziladi ?

Onlayn tarzda o’tkaziladigan yakuniy baholash imtihoniga kirishingiz uchun, aynan belgilangan sanaga o’tar kechasi BAA vaqti bilan 00:00 da Bizning toshkent vaqti bilan 23:00 da, shu imtihonga kirishga loyiq deb topilgan barcha qatnashchilarga taklif linki joylashtirilgan elektron xat yuboriladi. Ushbu elektron xat ichida «imtihonga o’tish» tugmasi boladi. Ushbu tugma sizga xat yuborilgandan song 24 soat mobaynida aktiv holatda boladi. Sizga imtihonga kirish va barcha topshiriqlarni bajarish uchun 1 soat vaqt beriladi.

4) Umimiy va qatiy qoidalar qanday ?

Imtihonga kirish tugmasi faqat bir marta ishlaydi, Agarda tayyor bolmasangiz tugmani bosmang ! Tugma bosilgach agar sizdan so’ralsa ham, o’z yo’nalishingizdan boshqasiga kiraolmaysiz. imtihon qatiy ingliz tilida bo’lib o’tadi. Imtihonga kirishdan avval kompyuteringiz internet tezligi yaxshi ekanligiga ishonch hosil qiling. Imtihonga kirgach sahifani qayta yuklash, yangi sahifa ochish yoki browserni yopish taqiqlanadi. Imtihonga bir kompyuterdan bir necha odam kirishi mumkn emas. Savollarni birovga yuborish, internetga joylashtirish, umuman olganda 3- shaxsga oshkor etish taqiqlanadi, agarda ushbu qoidalar buzilgan taqdirda, Udacity foydalanuvhini ogohlantirishsiz itihondan, baholashda va nanodegree kurslaridan chetlashtirish huquqi bilan qoladi.

5) Qaysi mavzuda va qanday shaklda savollar beriladi ?

Imtihonda barcha savollar test shaklida va har bir savolda 4 tadan variantlar bilan taqdim etiladi. Savollar siz uzbekcoders orqali tanlagan, bepul tracklar orqali o’rgatilgan bilimlardan kelib chiqib tuzulgan, Agarda siz 2 bosqichdan iborat bepul darslarni yaxshi o’zlashtirgan bo’lsangiz, unda sizga unchalik qiyin bolmaydi.

6) Ballar qanday hisoblanadi va Go’liblar qay tartibda aniqlanadi ?

Yakuniy baholashda kim qancha hato qilgan va qancha ball yig’a olganligi haqida hech qachon oshkor etilmaydi. Agarda siz barcha savollarga javob berishga ulgurmasangiz ham, qo’rqinchli joyi yuq shunga yarasha bal olasiz. Yakuniy baholashda 4 ta yo’nalish boyicha umumiy, faqatgina eng yuqori ball olgan faqatgina 50 ta qatnashchi Nanodegree Grantiga sazovor bo’ladi. Ballarni hisoblashda to’g’ri bajarilgan testlar soni hamda , bajarishga sarf etilgan vaqtga qarab aniqlanadi, Yani agar men barcha savollarga 50 daqiqada javob bergan bo’lsam va siz 48 daqiqada javob bergan bolsangiz, sizning ballaringiz mening ballarimdan yuqori hisoblanadi.

7) Qanday qilib imkoniyatni oshirsa boladi ?

Yakuniy baholashda yuqori bal olish va g’olib bolish uchun imtihonga avvalroq kirishingiz, imtihonga avval tayyor ekanligingizga ishonch hosil qilishingiz, agarda iloji bolsa yana bitta kompyuter yoki monitorni tayyorlab ulab qo’yishingiz, Kompyuterning iloji bolmasa telefonda camerali tarjimon va onlayn instrumentlardan foydalanishingiz, Aynan o’zingizning yo’nalishingiz boyicha ish qurollarini tayyorlab qo’yishingiz mumkin. Masalan FullStack uchun savollar ichida kodlar beriladi va savolga javobni faqatgina o’sha kodni ishga tushursak bilib olishimiz mumkin boladi. onlaynt interpretatorlardan foydalaning, qidirsangiz istalgan dasturlash turi uchun onlayn interpretatorlarni topish mumkin.

8) Go’lib bo’laoldikmi qayerdan bilish mumkin ?

Yakuniy imtihon o’tkazilgach 7 kundan 28 kungacha muddat ichida go’liblarga elektron pochta orqali tabriknoma yuboriladi. Aslida bu hammasi emas, ushbu takriknoma ichida alohida so’rov bilan keladi va tabriknoma kelgan vaqtdan boshlab 3 sutka mobaynida, tabriknoma ichidagi havola orqali o’tib nanodegree grantini qabul qilishga rozilik bildirmasangiz, ushbu imkoniyat sizdan kiyingi ishtirokchiga o’tkazib yuboriladi va siz Nanodegree kurslaridan mahrum bo’lasiz. Tabriknomalar kelgacha 2 3 kun ichida g’oliblar ro’yxati uzbekcoders ning rasmiy manbalarida elon qilinadi.

9) Aslida go’liblar uchun sovrin nima o’zi ?

Yakuniy baholashda go’lib bo’lgan 50 kishiga, qaysi yo’nalishda yakuniy baholashda qatnashgan bo’lsa o’sha yo’nalish bo’yicha Udacity xalqaro talim platformasi tomonidan va «One Million Uzbek Coders» loyihasi homiyligida Nanodegree primium onlayn kurslari bepul tqadim etiladi va siz o’zingiz tanlagan yo’nalish bo’yicha Google kompaniyasining asosiy tarkibiga kiruvchi hamda Onlayn talim sohasida Xalqaro miqyosda sifat belgisiga aylangan Udacity onlayn talim platformasining maxsus kurslarida profissional darajada talim olish imkoniyatiga ega bo’lasiz !

10) Go’liblar uchun darslar qachon boshlanadi va qancha vaqt davom etadi ?

Yakuniy baholash imtihoni g’oliblari uzbekcodersning rasmiy manbalarida rasman elon qilingach, agarda g’oliblar ro’yxatida sizning ismingiz va elektron pochtangiz mavjud bolsa, unda sizkiyingi oyning 1 — sanasidan udacity.com saytidagi avvalgi akkountingiz orqali endi bepul tracklarda emas balki xalqaro Nanodegree kurslarida o’qishni davom ettirasiz. Sizning talim rejangiz 6 bo’lim 5 bosqichdan iborat boladi va har bir bosqich yakunida alohida amaliy topshiriqlarni bajarib topshirasiz. Amaliy ishlarni topshirish va xalqaro sertefekatni olish uchun sizga 4 oy muddat beriladi, agar 4 oyda ulgurmasangiz, har bir uzaytirilgan kun uchun $170 miqdorda to’lov to’lashingizga to’g’ri keladi !

Mana shu bilan, sizni yakuniy bahoashdan go’liblik kayfiyati bilan olib chiqib ketaoladigan maslahat va ko’rsatmalarim o’z nihoyasiga yetdi. Bularga amal qilish yoki qilmaslik hohishingiz, ammo o’ylab ko’rishni maslahat bergan bo’lardim, chunki men SaidAbbos Khudoykulov ingliz tilini mutlaqo bilmasam ham, porloq kelajakdan umidimni uzmasdan harakat qildim va mana natijada «Bir Million O’zbek Dasturchilari» grand dasturining O’zbekistondagi birinchi dasturchisiga aylandim !

Siz shu yergacha o’qib keldingizmi? Demak siz shunchaki qiziquvchan bolakay emassiz, konglingizda nimadir bor. Agarda haqiqatdan ham konglingizda dasturlashga, yaratuvchanlikga, qolaversa rivojlanishga nisbatan ozgina iliq tuyg’ularingiz bo’lsa, Bilib qo’ying,Shu daqiqadan boshlab shaxsan men siz bilanman, ahir mening Vatanim O’zbekistonga, yuragida o’ti bor yigit qizlar kerak !

Barchaga omad tilayman !

Iltimos shu postni, Yakuniy baholashga katta umidlar bo’g’lagan dostlarimizzga yuboring, zero bizdan kiyingi avlod bizning darajamigda chiqquniga qadar, biz qo’l cho’zmog’imiz lozim !

Ushbu maqola orqali sizni qiynayotgan qaysidur savolga javob topaolgan bo’lsangiz demak, shu maqoani yozishga ketgan uyqusiz tunim bekor ketmabdi !