- Darslar, Dasturlash Darslar

Uzbekcoders birinchi dars

😎 Assalom alaykum, Ismim SaidAbbos «One Million Uzbek Coders» dasturi ilk g’olibiman. 

Bugun Siz  «Bir Million Uzbek Dasturchilari» dan biriga aylanasiz, bunda men sizga yordam beraman.

one million uzbek coders

#Birinchi Dars Rejasi:

1. Googledan elektron pochta yaratish.

  • Chiroyli email yaratamiz.
  • Emailni telefon raqamingizga tasdiqlaymiz.

2. UzbekCoders.uz saytidan to’g’ri va to’liq ro’yxatdan o’tamiz. 

3. Udacity.com talim platformasidan ro’yxatdan o’tamiz.

  • Ro’yxatdan o’tamiz.
  • Udacity akkountimizni uzbek tiliga sozlaymiz.
  • Udacity akkountimizni telefon raqam va email orqali tasdiqlaymiz.
  • UzbekCoders.uz va Udacity.com akkountlarimizni bog’laymiz.

4. UzbekCoders.uz saytida talim yunalishimizni tanlaymiz.

5. Sinf honamizga kirib darslarni boshlaymiz.

 ——————————————- Start —————————————————

 Googledan elektron pochta yaratish.

A. Chiroyli email yaratamiz.

  • Kerakli qatorlarga, shaxsiy malumotlarimizni kiritamiz va «Davom etish» tugmasini bosamiz.
  • Telefon Raqamimizni va boshqa malumotlarni kiritib «Davom etish» tugmasini bosamiz. Kiyingi sahifada telefon raqamimizga googledan kelgan tasdiqlash kodini kiritib «Davom etish» tugmasini bosamiz.
  • «Qabul qilish» tugmasini bosamiz.
  • Tabriklayman siz shaxsiy emailingizni yaratb oldingiz !

———————————————Next Step——————————————

UzbekCoders.uz saytidan to’g’ri va to’liq ro’yxatdan o’tamiz. 

a) UzbekCoders.uz saytiga kirib «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosamiz.

b) «Ro’yxatdan o’tish» bo’limi sahifasi to’liq yuklangach, kerakli qatorlarni to’ldirib, «Ro’yxatdan o’tish» tugmasini bosamiz.

d) Shaxsiy akkountingiz muvaffaqiyatli yaratilgani haqidagi habarni ko’rgach, Emailga faollashtirish linki bilan xat keladi. Xatdagi Tugmani bosamiz. Diqqat, agar sizga xat kelmagan bolsa, «spam» bo’limini tekshiring !

e) Shaxsiy akkountga kirish bo’limiga o’tamiz, email hamda parolni kiritamiz va «Taqdim etish» tugmasini bosamiz.

f) Shaxsiy akkountimizga kirgach «Udacity» tugmasini bosamiz.

———————————————Next Step——————————————

Udacity.com talim platformasidan ro’yxatdan o’tamiz.

a) udacity portalida kirish sahifasi ochilgach, «SIGN UP» oynasiga bosamiz, taqdim etilgan qatorlarni to’ldirib «SIGN UP» tugmasini bosamiz.

b) Sizning ma’lumotlaringiz keltirilgan oyna taqdim etilgach, «Link» Tugmasini bosamiz. Akkountlaringiz muvaffaqqiyatli bo’g’langanligi haqida habar taqdim etilgach «Go Back (Ortga Qaytish)» tugmasini bosamiz.

d) «Udacity» tugmasi o’rnida yangilangan yozuvni ( Udacity Connected ) ko’ramiz. Udacity portalidagi, shaxsiy akkountimiz Til sozlamalari bo’limiga o’tamiz va O’zbek tilini tanlab «save» tugmasini bosamiz.

e) «Sozlamalar > Shaxsiy Malumot» bo’limida:

  • Telefon raqamimizni kiritib «Kod jo’natish tugmasini bosamiz. Telefonimizga kelgan tasdiqlash kodini maxsus qatorga kiritib tasdiqlaymiz.
  • Emailni tasdiqlash uchun, shu sahifa pastida taqdim etilgan «Tasdiqlashni Yuboring» tugmasini bosamiz, Emailga tasdiqlash linki bilan xat kelgan xatdagi «Emailni tasdiqlash» tugmasini bosamiz.

———————————————Next Step——————————————

UzbekCoders.uz saytida talim yunalishimizni tanlaymiz.

a) UzbekCoders.uz saytidagi shaxsiy akkountimizga kirib, O’zimiz uchun maqul keladigan yo’nalishni tanlaymiz.

b) Royxatdan o’tganimiz haqidagi habar berilgach, «Sinfhonaga» tugmasini bosamiz.

Final: Mana biz sizning sinfhonangizdamiz, hayotingizda yangi davrni boshlashingiz uchun hammasi tayyor. Endi Har kuni ushbu tugma orqali, dasturlash olamida o’zingiz uchun kichik orolchalarni kashf etasiz. Men sizga omad tilagan holda, hayrlashmaymiz chunki endi men siz bilanman, yuksak marralar tomon shaxdam qadamlar bilan borar ekansiz, yo’lingizda qandaydur to’siq yoki muommoga duch kelsangiz, menga habar bering. Zamonaviy tarixda izingizni qoldirish yo’lida sizga yordamim tegsa, demak shu kuni mazmunli yashagan bo’laman !

Vedio qo’llanma:

Darslikdan Havolalar:

Etiboringiz, hamda qimmatli vaqtingiz uchun raxmat. Unutmang Qadrdonim, Hammasi O’z Qo’lingizda. Sizning hayotingizni, sizdan bo’lak hech kim, sizdek qura olmaydi !

⚡ Imkonsiz amallar bo’lmaydi, imkonsiz ishlarga ko’proq mehnat qilish kerak holos !